ENRU

Afg‘onistonda ayollarga burkasiz ishlash taqiqlandi

Dunyo
37
Afg‘onistonda ayollarga burkasiz ishlash taqiqlandi
Afg‘onistonda Tolibon harakati hukumatining yangi qarorlariga ko‘ra, ayollarning burkasiz davlat idoralariga kirishi taqiqlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hasht-e Subh Daily nashrining ma’lum qilishicha, ushbu cheklovlar allaqachon ayrim viloyatlarda kuchga kirgan va Aholini ro‘yxatga olish boshqarmasi, Ta’lim vazirligi kabi muassasalarda amalda qo‘llanilmoqda. Tolibon ushbu choralar yordamida ayollarni kiyinish qoidalariga qat’iy rioya qilishga majburlamoqchi.

Biroq bu cheklovlar nafaqat ta’lim va ish imkoniyatlariga, balki tibbiyot kabi muhim sohalarga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Qunar, Qandahor va Xost viloyatlarida burkasiz ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti.

Mamlakatda qizlarning yuqori sinflarda va oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi taqiqlangan, tibbiyot fakultetlarida o‘qiyotgan talabalarning esa o‘qishni davom ettirishiga ruxsat berilmayapti. Bu esa ayollarning ta’lim olish imkoniyatlarini butunlay yo‘qqa chiqaradi.

Tolibon hokimiyati tomonidan joriy etilgan ushbu qoidalar ayollarning jamiyatdagi ishtirokini keskin cheklamoqda. Avvalgi taqiqlar qatoriga BMT idoralarida ishlash, bog‘lar va dam olish joylariga tashrif buyurish, tibbiy xizmat olish va tijorat sohalarida erkaklar bilan muloqot qilish kabi qoidalar kiradi.

Ushbu cheklovlar nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, ta’lim va ish imkoniyatlaridan deyarli sakkiz ayoldan yettitasi mahrum bo‘lgani sababli, so‘nggi to‘rt yil ichida Afg‘oniston iqtisodiyoti o‘z potentsial o‘sishining qariyb 10 foizini yo‘qotgan.

Tolibon hokimiyatga kelgunga qadar, xususan, 1990-yillarda va undan oldinroq, ayollar ta’lim olish va mehnat faoliyatida faol ishtirok etgan. 1970-yillarda ayollar Afg‘oniston parlamentining 15 foizini, maktab o‘qituvchilarining 70 foizini va davlat xizmatchilarining 50 foizini tashkil qilgan.

Afsuski, bugungi kunda bu ko‘rsatkichlar keskin pasayib, ayollarning jamiyatdagi roli sezilarli darajada cheklangan.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40