Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Jakarta masjididagi portlashda 50 kishi jarohatlandi

Dunyo
28
Jakarta masjididagi portlashda 50 kishi jarohatlandi
Indoneziyaning poytaxti Jakarta shahrida juma namozi paytida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy rasmiylarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida kamida 50 dan ortiq kishi jarohat olgan. Voqea shaharning shimoliy qismidagi Kelapa Gading tumanida joylashgan 27-son davlat o‘rta maktabi masjidida yuz bergan.

Shu paytda masjidda asosan o‘quvchilar bo‘lgani sababli jabrlanganlarning aksariyati o‘smir yoshdagi bolalar ekani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash masjiddagi ovoz kuchaytirgich tizimi yaqinida sodir bo‘lgan.

Ammo hozircha portlashning aniq sababi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Taxminlarga ko‘ra, hodisaga elektr tizimidagi nosozlik yoki qo‘lda yasalgan portlovchi moslama sabab bo‘lishi mumkin.

Portlashdan so‘ng voqea joyiga tez yordam va qutqaruv xizmatlari yetib kelgan. Jarohat olganlar zudlik bilan yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Politsiya hodisa bo‘yicha tergov ishlarini boshlaganini ma’lum qildi. Hozirda masjid atrofi yopilgan, xavfsizlik kameralari yozuvlari ko‘rib chiqilmoqda va guvohlar bilan so‘rov o‘tkazilmoqda.

Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026