Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Qirg‘izistonda tadbirlar soat 22:00 da tugashi shart

Dunyo
46
Qirg‘izistonda tadbirlar soat 22:00 da tugashi shart
Qirg‘izistonda to‘y-tomoshalar va ko‘ngilochar maskanlar faoliyati yuzasidan yangi qoidalar belgilandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning ma’lum qilishicha, soat 22:00 dan keyin tadbirlar va maskanlar faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun va hukumat qarorlariga qat’iy amal qilinishi shart. Ushbu tartibga muvofiq, to‘ylar, bayram tadbirlari, shuningdek, kafe, restoran va tungi klublar faoliyati soat 22:00 dan kechiktirmay yakunlanishi lozim.

Tashiyevning qayd etishicha, qaror rasmiy ravishda qabul qilingan bo‘lsa-da, ayrim hududlarda unga rioya qilish darajasi past. Masalan, Bishkek shahrida yaqinda o‘tkazilgan to‘ylardan biri yarim tungacha davom etgani, Jalolobodda esa tadbir soat 00:00 gacha cho‘zilgani aniqlandi.

Ushbu holatlar qonunbuzarlik sifatida baholanmoqda. Rahbarning so‘zlariga ko‘ra, qonun ijrosi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan nazorat qilinishi kerak.

Biroq ko‘plab hududiy rahbarlar bu mas’uliyatni bajarmayotgani ta’kidlandi. Tashiyev mahalliy rahbarlarga qat’iy topshiriq berib, soat 22:00 dan keyin barcha tadbirlar va maskanlar faoliyatini to‘xtatish zarurligini urg‘uladi.

Agar qoidalar buzilsa, elektr ta’minotini uzish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu choralar Qirg‘izistonda jamoat tartibini ta’minlash, tinchlikni saqlash va fuqarolarning dam olish huquqini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026