Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Rubiales kitob taqdimotida tuxumli hujumga uchradi

Dunyo
36
Rubiales kitob taqdimotida tuxumli hujumga uchradi
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining sobiq rahbari Luis Rubiales yana bir noqulay holatga tushib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U yaqinda o‘zining kitob taqdimotini o‘tkazishga qaror qilgan edi, ammo tadbir davomida kutilmagan voqea yuz berdi. Kimdir unga chirigan tuxumlar uloqtirdi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu ishni Rubialesning o‘z tog‘asi amalga oshirgan. Rubiales tog‘asini quvib chiqarishga urinib ko‘rdi, biroq atrofdagilar uni tinchlantirishga muvaffaq bo‘ldi va mojaroning jiddiylashishiga yo‘l qo‘ymadi.

Ushbu voqeani sharhlarkan, Rubiales jurnalistlarga “Yaxshiyamki, meni to‘xtatishdi, aks holda vaziyat qanday yakun topishini tasavvur qilish qiyin edi. Chunki u yerda boshqa odamlar ham bor edi”, dedi.

Shu bilan birga, Ispaniya ommaviy axborot vositalarida Rubialesning o‘zi bu voqeani rejalashtirgan bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar paydo bo‘ldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, tog‘asining bu harakati Rubialesning mashhurligini oshirish va kitob taqdimotiga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadida uyushtirilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Mazkur kitob Rubiales va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Jennifer Hermoso o‘rtasidagi mojaro haqida hikoya qiladi. Ushbu mojaro Rubialesning Hermosoni majburan o‘pishi ortidan yuzaga kelgan va katta jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026