Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

AQSh Rossiya va Eron savdosiga sanksiyalar rejalashtirmoqda

Dunyo
25
AQSh Rossiya va Eron savdosiga sanksiyalar rejalashtirmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi vakillari Rossiyaning savdo hamkorlariga qarshi sanksiyalarni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U ushbu tashabbusni ijobiy baholab, "Respublikachilar juda kuchli qonun loyihasini ishlab chiqmoqda", — deya ta’kidladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjatga Eron ham kiritilishi rejalashtirilgan.

Rossiya savdo hamkorlariga 500 foizlik bojlar joriy etish g‘oyasi bu yil bahorda senatorlar Lindsi Grexem va Richard Blyumental tomonidan taklif qilingan edi. Yozda senator Grexem AQSh prezidenti mazkur bojlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Biroq keyinchalik Tramp 500 foizlik bojlarning zarur emasligini, 100 foizlik bojning o‘zi yetarli ekanini ta’kidladi. Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.

2025 yilning to‘qqiz oyi davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 9,4 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 8,6 milliard dollarni tashkil etgan edi. Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo hajmi 719,1 million dollarga yetgan, o‘tgan yilning xuddi shu davrida esa bu ko‘rsatkich 681 million dollarni tashkil qilgan.

Eron bilan savdo hajmi esa mos ravishda 393,3 million va 359,1 million dollarni tashkil qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026