Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Yaponiya dunyoning eng ardoqli mamlakati deb topildi

Dunyo
94
Yaponiya dunyoning eng ardoqli mamlakati deb topildi
Wanderlust jurnali tomonidan har yili tashkil etiladigan Readers’ Choice Awards (RCA) tanlovi dunyo turizmi bo‘yicha eng yaxshi yo‘nalishlar va brendlarni aniqlab beradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu yilgi tanlovda ham 200 mingdan ortiq sayohat ixlosmandlari ishtirok etib, yilning eng ardoqli mamlakatlarini aniqlashdi. Mazkur mukofot turizm sohasida o‘z o‘rnini mustahkamlagan eng yaxshi yo‘nalishlar va turoperatorlarga topshiriladi.

Bu yilgi tanlovda Yaponiya “Eng ardoqli mamlakat” unvoniga sazovor bo‘ldi. Qiziqarli jihati shundaki, Yaponiya so‘nggi marta bunday e’tirofni o‘n yil oldin qo‘lga kiritgan edi.

Ushbu davlatning mashhurligi sababi uning sayyohlik imkoniyatlari xilma-xilligida: qumli plyajlar, tinch tog‘ manzaralari, boy tarix va madaniyat, shuningdek, zamonaviy megapolislar va dunyoga mashhur tematik bog‘lar — barchasi Yaponiyada mujassam. Tokio va Kioto kabi shaharlari sayyohlar orasida eng mashhur manzillar bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, sayohatchilar Shikoku qirg‘oqlari, Kanazava ustalari manzili va Yaponiyaning chekka orollarini ham kashf etmoqda. Ayniqsa, Tokioning Dzimbotyo hududi kitobsevarlar uchun alohida diqqatga sazovor joy hisoblanadi.

Ikkinchi o‘rinni Kosta-Rika egalladi. Ushbu mamlakat o‘zining boy tabiati va yovvoyi hayvonot olami bilan mashhur.

Osa yarimoroli esa dunyodagi eng kam baholangan, ammo e’tiborga loyiq eko-sarguzasht manzillaridan biri hisoblanadi. Uchinchi o‘rinni esa Kanada qo‘lga kiritdi.

Keng hududlari, betakror tabiiy go‘zalligi va rang-barang sayyohlik maskanlari bilan Kanada millionlab sayyohlarni jalb qilmoqda. Dunyoda eng ardoqli deb topilgan 10 davlat quyidagicha: Yaponiya, Kosta-Rika, Kanada, Avstraliya, Peru, Janubiy Afrika, AQSH, Yangi Zelandiya, Braziliya va Ekvador.

Ushbu ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, tabiat, tarix va madaniy boyliklarga ega mamlakatlar sayyohlar uchun yanada jozibador bo‘lib bormoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026