ENRU

Germaniya sudi Alisher Usmonov aybsizligini tasdiqladi

Dunyo
27
Germaniya sudi Alisher Usmonov aybsizligini tasdiqladi
Germaniyaning Gamburg shahar sudi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov va uning singlisi Saodat Narziyevaga qarshi ilgari surilgan ayblovlarni asossiz deb topdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Usmonovning advokati Yoaxim Shtaynxefel ma’lum qildi. Sud qaroriga ko‘ra, Germaniya fuqarosi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Alisher Usmonov o‘z mablag‘larini Shveytsariyadagi bank hisobida yashirib, ularni singlisi Saodat Narziyeva nomiga rasmiylashtirganini iddao qilgan.

Biroq sud ushbu da’volar haqiqatga mos emasligini tasdiqladi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, sud Usmonov va uning qarindoshlariga nisbatan bildirilgan ayblovlar faktlar bilan tasdiqlanmaganini yana bir bor qayd etdi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Saodat Narziyevani sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib, uni noto‘g‘ri kiritilganligi uchun kechirim so‘radi. Tadbirkorning vakillari 2022 yilda tarqatilgan shunga o‘xshash asossiz ma’lumotlar Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan Saodat Narziyevaga nisbatan sanksiyalar joriy etilishiga olib kelganini ma’lum qilishdi.

Joriy yilning sentabr oyida Facebookda yana bir bor Saodat Narziyeva "Credit Suisse" bankidagi hisoblarning manfaatdori ekanligi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatilgan. Biroq sud bu da’volarni asossiz deb topib, bunday ma’lumotlarni tarqatishni taqiqladi.

Ushbu taqiqni buzish 250 ming yevrogacha jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoKecha, 13:24