Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Indoneziyada ko‘chki: 30 kishi halok, 40 bedarak

Dunyo
26
Indoneziyada ko‘chki: 30 kishi halok, 40 bedarak
Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasida 21-noyabr kuni kuchli ko‘chki yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan ushbu tabiiy ofat oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, yana 40 nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda mamlakatning tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish agentligi vakili Abdul Muhari ma’lumotlariga asoslangan holda “Reuters” xabar tarqatdi.

Ko‘chki Chilakap shahri va Banjarnagara tumanida bir necha hududlarga zarar yetkazgan. Abdul Muharining ta’kidlashicha, o‘nlab xonadonlar jiddiy shikastlangan, 900 dan ortiq aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan.

Ayrim joylarda yer qatlamining siljishi natijasida binolar qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, ammo jarayon qator muammolar bilan kechmoqda.

Ko‘chki oqibatida hosil bo‘lgan chiqindilar, suvning oqib ketishi va yana yog‘ingarchilik kutilayotgani qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda. Abdul Muhari yangi ko‘chkilar xavfi yuqori ekanini ta’kidlab, barcha ishlar ehtiyotkorlik bilan olib borilayotganini ma’lum qildi.

Qidiruv ishlari davomida kamida 700 nafar qutqaruvchi, shu jumladan politsiya va harbiylar ham ishtirok etmoqda. Ushbu jarayon kelasi haftagacha davom etishi kutilmoqda.

Indoneziyada yomg‘ir mavsumi sentyabr oyida boshlangan va meteorologlarning taxminiga ko‘ra, kelasi yil apreligacha davom etadi. Bu esa mamlakatning ko‘plab hududlarida toshqinlar va kuchli yog‘ingarchilik xavfini oshirishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026