Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+18°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari qatorida

Dunyo
46
O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari qatorida
Avstraliyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan e’lon qilingan 2025 yilgi “Global terrorizm indeksi”da O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur reytingda mamlakatimiz terrorchilik xavfi bo‘yicha 90-o‘rinda qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich orqali O‘zbekiston xavfsizlik darajasida bir qator rivojlangan davlatlarni ortda qoldirgan.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlar, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Tojikiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga nisbatan xavfsizroq deb baholangan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston 100-o‘rin atrofida qayd etilgan.

Biroq hisobotda dunyo bo‘ylab terrorchilik tahdidi yomonlashayotgani ta’kidlangan. Terrorchilik hujumlari kuzatilgan davlatlar soni 58 tadan 66 taga oshgan.

G‘arb mamlakatlarida hujumlar soni 63 foizga ko‘paygan. Jumladan, Shvetsiya, Avstraliya, Finlyandiya, Niderlandiya, Daniya va Shveysariyada so‘nggi besh yilda ilk bor terrorchilik hujumlari sodir etilgan.

Yevropada eng qiyin vaziyat Germaniyada kuzatilgan. Magdeburg yarmarkasidagi hujum ortidan mamlakat 27-o‘ringa tushgan va yuqori xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.

Eng xavfli davlatlar ro‘yxatida esa Burkina-Faso, Pokiston, Suriya va Isroil joy olgan. Bu mamlakatlarda terrorchilik tahdidi eng yuqori darajada baholangan.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29