Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Cop30: Rivojlanayotgan davlatlarga ko‘proq yordam beriladi

Dunyo
31
Cop30: Rivojlanayotgan davlatlarga ko‘proq yordam beriladi
Braziliyaning Belen shahrida o‘tkazilgan Cop30 iqlim anjumanida rivojlanayotgan davlatlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash uchun qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yakuniy hujjatda Yevropa Ittifoqi tomonidan ilgari surilgan qazilma yoqilg‘idan voz kechish bo‘yicha taklif o‘z aksini topmadi. Kelishuvga ko‘ra, iqlim bo‘yicha harakatlarni tezlashtirish uchun ixtiyoriy tashabbus yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, rivojlangan davlatlar 2035-yilgacha iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun ajratiladigan mablag‘larni kamida uch baravar oshirishga chaqirildi. Hujjatda xalqaro savdo mexanizmlarini iqlim maqsadlariga muvofiqlashtirish uchun qayta ko‘rib chiqish rejalari ham belgilangan.

Rivojlanayotgan davlatlar dengiz sathining ko‘tarilishi, yuqori harorat, qurg‘oqchilik va suv toshqinlari kabi xavflar kuchaygani sababli moliyaviy yordamni oshirishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, qazilma yoqilg‘idan voz kechish masalasi bo‘yicha kelishmovchiliklar davom etdi.

Saudiy Arabistoni kabi ayrim davlatlarning qarshiligi sababli mazkur masala Braziliya tomonidan alohida qo‘shimcha hujjatda aks ettirildi. AQSh ushbu sammitga rasmiy delegatsiya yubormagan bo‘lsa-da, konferensiya ishtirokchilari iqlim masalalarida birdamlikni saqlashga intilayotganliklarini ta’kidladilar.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59