Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Yamaykada to‘fon ortidan leptospiroz tarqalmoqda

Dunyo
61
Yamaykada to‘fon ortidan leptospiroz tarqalmoqda
Yamaykada oktyabr oyining oxirida yuz bergan kuchli tabiiy ofat – “Melissa” to‘foni ortidan yuqumli leptospiroz kasalligi tez tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, bu holat mamlakatda jiddiy epidemiologik vaziyatni yuzaga keltirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik tufayli hozirga qadar olti kishi hayotdan ko‘z yumgan.

28-oktyabr kuni 5-toifali “Melissa” to‘foni Karib dengizidagi Yamayka oroliga kuchli yomg‘ir va shamol bilan yopirilgan. Yomg‘irlar natijasida 76 santimetrgacha suv to‘plangan, bu esa katta toshqinlar va yer ko‘chkilariga sabab bo‘ldi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, suvning ifloslanishi infeksiya tarqalishi uchun qulay sharoit yaratgan. Yamayka Sog‘liqni saqlash vaziri Kristofer Tuftonning ma’lum qilishicha, 30-oktyabrdan 20-noyabrgacha bo‘lgan davrda leptospirozga chalinish bo‘yicha 9 ta tasdiqlangan va 28 ta gumon qilingan holat qayd etilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat tobora og‘irlashib bormoqda. Leptospiroz kasalligi ko‘pincha kemiruvchilar peshobi bilan bulg‘angan suv yoki tuproq orqali yuqadi.

Infeksiya inson organizmiga teridagi jarohatlar, shuningdek, ko‘z, og‘iz va burun shilliq qavatlari orqali kiradi. Kasallik dastlab grippga o‘xshash belgilarga ega bo‘lib, isitma, mushaklar va bosh og‘rig‘i bilan boshlanadi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan buyrak yetishmovchiligi, jigar shikastlanishi va boshqa og‘ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Tuftonning ta’kidlashicha, epidemiya to‘fon natijasida yuzaga kelgan suv bosish va ifloslanish oqibatida tarqalgan.

Aholi suv bosgan hududlarda iflos suv va tuproq bilan bevosita aloqada bo‘lgani infeksiya xavfini oshirgan. Vazirlik eng katta xavf ostidagi toifalarni quyidagicha belgiladi: suv bosgan hududlarda yashovchilar, dehqon va fermerlar, tozalash hamda qutqaruv ishlarida ishtirok etayotgan xodimlar, favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari va ko‘ngillilar.

Yamayka hukumati hisob-kitoblariga ko‘ra, “Melissa” to‘foni mamlakatga qariyb 10 milliard dollarlik iqtisodiy zarar yetkazgan. Bu zarar asosan turizm va qishloq xo‘jaligi sohalariga tegishli bo‘lib, 200 mingdan ortiq bino shikastlangan.

Hozircha epidemiya qanchalik keng tarqalishi noma’lum, biroq hukumat barcha choralarni ko‘rib, kasallik tarqalishini cheklashga intilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12
Olimlar internet orqali hidlarni uzatish imkonini beruvchi tizimni sinovdan o'tkazdi
Olimlar internet orqali hidlarni uzatish imkonini beruvchi tizimni sinovdan o'tkazdi
Olimlar internet orqali hidlarni uzatish imkoniyatini beruvchi Scentronic tizimini sinovdan o'tkazdi. Ushbu texnologiya hid haqidagi ma'lumotlarni raqamli shaklda
DunyoKecha, 17:47
Ukraina qurolli kuchlari yaradorni og‘ir dron yordamida qutqardi
Ukraina qurolli kuchlari yaradorni og‘ir dron yordamida qutqardi
Ukraina qurolli kuchlari front chizig‘ida qolib ketgan yarador harbiyni og‘ir yuk ko‘taruvchi dron yordamida evakuatsiya qildi. Bu urush davomida qayd etilgan ilk
DunyoKecha, 17:14
Tailand O'zbekiston fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejimni qayta joriy etadi
Tailand O'zbekiston fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejimni qayta joriy etadi
Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilishining salbiy natijalari his qilinib, 15 kunlik yangi vizasiz tartibni qayta joriy etish tashabbusi bilan chiqdi.
DunyoKecha, 16:10