Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Senatorning burqa kiyib parlamentga kirishi tanqidga uchradi

Dunyo
25
Senatorning burqa kiyib parlamentga kirishi tanqidga uchradi
Avstraliya parlamentida senator Polin Xansonning burqa kiyib kirishi jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, senator yuqori palataga burqa kiyib kirgani uchun bir haftalik jazoga tortilib, uning faoliyati vaqtincha cheklangan. Reuters axborot agentligi xabar berishicha, Xanson burqani “hurmatsiz va nomunosib” tarzda taqqan, bu esa parlament a’zolarining keskin tanqidiga uchragan.

24-noyabr kuni senator jamoat joylarida burqa va yuzni yopuvchi boshqa kiyimlarni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini muhokamaga qo‘yishga ruxsat ololmaganidan so‘ng, norozilik sifatida burqa kiyib parlamentga kirgan. Bu harakat musulmon qonun chiqaruvchilar tomonidan “irqchilik va haqorat” sifatida baholandi.

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vong senatorning bu harakatini keskin qoraladi va uni “ijtimoiy birdamlikka zarar yetkazuvchi” hamda “e’tiqodni masxara qilish” deb atadi. Polin Xanson esa o‘z pozitsiyasidan voz kechmasligini ma’lum qilib, parlamentda kiyim bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘qligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Xanson ilgari ham islomiy kiyimlarga qarshi chiqishlari bilan tanilgan. 2017 yilda ham u parlamentga burqa kiyib kirib, mamlakat bo‘ylab bu kiyimni to‘liq taqiqlashni talab qilgan edi.

Bu kabi harakatlar Avstraliyada ijtimoiy birdamlik va diniy hurmat masalalarini yana bir bor kun tartibiga olib chiqmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59