ENRU

Har kuni 137 ayol yaqinlari tomonidan o‘ldirilmoqda

Dunyo
33
Har kuni 137 ayol yaqinlari tomonidan o‘ldirilmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda “BMT-ayollar” tuzilmasi 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan maxsus hisobot e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hisobot ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va qotillik holatlari bo‘yicha jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. 2025-yilgi femitsid (ayollarning qasddan o‘ldirilishi) bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘ylab 83 ming ayol va qiz ataylab o‘ldirilgan.

Hisobotda keltirilishicha, har kuni 137 ayol, ya’ni har 24 soatda, o‘zining turmush o‘rtog‘i yoki yaqin qarindoshi tomonidan hayotdan mahrum bo‘lmoqda. Ushbu qotilliklarning 60 foizi, ya’ni 50 mingdan ortig‘i jinsiy sheriklar yoki oila a’zolari tomonidan sodir etilgan.

Qiyoslash uchun aytish mumkinki, erkaklar orasida bu ko‘rsatkich 11 foizni tashkil qiladi. Dunyoning barcha mintaqalarida gender asosidagi qotilliklar kuzatilmoqda.

Eng yuqori ko‘rsatkich Afrikada qayd etilgan — har 100 ming ayolga 3 ta holat to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Amerika (1,5), Okeaniya (1,4), Osiyo (0,7) va Yevropada (0,5) ham bu raqamlar xavotirli darajada.

BMT ushbu masalani keskin tanqid qilib, ayollar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha davlatlarni real choralar ko‘rishga chaqirdi. Tashkilot vakillari gender tengligini ta’minlash va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha jiddiy sa’y-harakatlar zarurligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32