ENRU

Afg‘onistonda ayollarga zo‘ravonlik 40 foizga oshdi

Dunyo
38
Afg‘onistonda ayollarga zo‘ravonlik 40 foizga oshdi
Afg‘onistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik keskin oshgani haqida BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) tomonidan e’lon qilingan hisobotda ma’lum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida mamlakatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik darajasi 40 foizga oshgan. Mamlakatdagi 14,2 million ayol, ya’ni deyarli barcha ayollar gumanitar yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ekani ta’kidlangan.

UNAMA hisobotida aytilishicha, afg‘on ayollari huquqlarining buzilishi ularni kundalik hayotda jismoniy, ruhiy va iqtisodiy xavflarga duchor qilmoqda. UNAMA rahbariyati vakili Jorjette Gagnonning fikricha, zo‘ravonlik nafaqat ko‘rinadigan tahdid, balki ayollarning ovozini o‘chirish va ularning imkoniyatlarini cheklashga qaratilgan harakatdir.

BMT xalqaro hamjamiyatni afg‘on ayollari bilan birdamlikni kuchaytirishga va ularga ko‘proq yordam ko‘rsatishga chaqirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng ayollar va qizlarga nisbatan ko‘plab cheklovlar joriy etilgan.

Afg‘oniston hozirda qizlar oltinchi sinfdan keyin ta’lim ololmaydigan yagona davlat sifatida qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40