Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Bishkekda Ukraina bayrog‘i uchun LED-displey bahsi.

Dunyo
44
Bishkekda Ukraina bayrog‘i uchun LED-displey bahsi.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Ukraina elchixonasi va Qirg‘iziston prezidentining yangi qarorgohi – “Intimaq Ordo” o‘rtasida katta LED-displey o‘rnatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holat Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bishkekka tashrifi va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) sammiti arafasida yuz berdi. Jurnalist Grigoriy Pirlikning ma’lum qilishicha, bir necha qavatli bino balandligidagi bu displey Ukraina elchixonasidagi milliy bayroqni prezident qarorgohi tomonidan ko‘rinmas qilish uchun o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.

Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati bu displeyning vazifasi davlat video kontentlarini namoyish etish va rasmiy tadbirlarga vizual ko‘mak berish ekanini bildirdi. Ammo ayrim ommaviy axborot vositalari displey o‘rnatilishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putinning tashrifi bilan bog‘lashmoqda.

Ukraina elchixonasi maslahatchisi Denis Avtonomov bu hodisani Rossiya bilan bog‘liqligini inkor qilmasligini ta’kidladi. Siyosiy tahlilchi Turat Akimov esa bu ishni Rossiya Prezidentni qo‘riqlash xizmatining xavfsizlik choralari bilan izohladi.

KXShT sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida Vladimir Putin dekabr oyida AQSH delegatsiyasi Moskvaga kelib, Donald Trampning sulh rejasini muhokama qilishini tasdiqladi. U Rossiyaning tinchlikka erishish borasidagi shartlari bajarilmasa, harbiy harakatlar davom etishini va qurolli yo‘l bilan o‘z talablari amalga oshirilishini ta’kidladi.

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak esa Kiyev Rossiya talablarini qat’iyan rad etishini ma’lum qildi. U Ukraina Konstitutsiyasi okkupatsiya qilingan hududlardan voz kechishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlab, Zelenskiy prezident bo‘lgan davrda bunday imkoniyat mavjud emasligini bildirdi.

Yermakning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina faqat urushayotgan tomonlar o‘rtasidagi chegaralarni muhokama qilishga tayyor.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026