Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

AQSH 19 davlatdan grin karta egalari tekshiriladi

Dunyo
34
AQSH 19 davlatdan grin karta egalari tekshiriladi
AQSH ma’muriyati 19 davlatdan kelgan chet elliklarning grin kartalarini qayta tekshirish jarayonini boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

BBC xabariga ko‘ra, bu qaror Afg‘oniston fuqarosi tomonidan sodir etilgan qotillik va otishma ortidan qabul qilingan. Hodisa 26-noyabr kuni yuz bergan bo‘lib, unda Milliy gvardiyaning ikki harbiysi jarohatlangan, ulardan biri shifoxonada vafot etgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu hujumchini keskin tanqid qilib, uni “hayvon” deb atagan va Afg‘onistondan kelgan migrantlarni qayta tekshirishni talab qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, hujumni sodir etgan shaxs 2021-yilda maxsus viza dasturi orqali AQSHga kirgan, ammo viza muddati tugaganidan keyin noqonuniy ravishda yashashda davom etgan.

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati rahbari Jozef Edlou prezidentning bu topshirig‘ini tasdiqlab, xavfli deb baholangan mamlakatlardan kelgan har bir grin karta egasi alohida ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Ro‘yxatda Afg‘oniston, Eron, Liviya, Sudan, Somali, Yaman, Kuba, Turkmaniston, Venesuela kabi davlatlar va yana bir necha mamlakatlar bor.

Umumiy hisobda 19 ta davlat kiritilgan. Edlouning so‘zlariga ko‘ra, AQSH xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifa hisoblanadi.

Tekshiruv jarayonining batafsil tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan. Shu bilan birga, o‘tgan hafta AQSH Bayden ma’muriyati davrida kiritilgan barcha qochqinlar ham qayta tekshirilishi haqida e’lon qilingan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026