ENRU

Ukraina KTK hujumini o‘zini himoya qilish deb atadi

Dunyo
36
Ukraina KTK hujumini o‘zini himoya qilish deb atadi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Kaspiy quvuri konsortsiumining (KTK) dengiz terminaliga qilingan hujum bo‘yicha Qozog‘iston tomonidan bildirgan e’tirozga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ukraina rasmiylari bu harakat Qozog‘istonga qarshi qaratilmaganini va u o‘zini himoya qilish doirasida amalga oshirilganini ta’kidladi. Ukraina Qozog‘istonning Novorossiysk shahridagi eksport terminaliga hujumdan so‘ng bildirgan xavotirini tushunganini qayd etdi.

Shu bilan birga, Ukraina BMT Nizomining 51-moddasiga asoslanib, har bir davlat o‘z hududini himoya qilish huquqiga ega ekanligini eslatdi. Bayonotda Qozog‘istonning Ukraina hududiga qilingan hujumlarga nisbatan sukut saqlayotgani tanqid qilindi va Qozog‘iston Rossiyani mojaro to‘xtatishga undashda yordam berishi lozimligi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, KTK terminaliga 29-noyabrga o‘tar kechasi zarba berilgan. Natijada VPU-2 mooring qurilmasi jiddiy zarar ko‘rgan va uni qayta ishlatish imkonsiz bo‘lib qolgan.

Yuklash ishlari to‘xtatilgan, tankerlar esa akvatoriyadan chiqarilgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, neft sizib chiqishi aniqlanmagan.

Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, KTK faoliyatining to‘xtatilishi Qozog‘istonga kamida 1,5 milliard AQSh dollari miqdorida zarar yetkazishi mumkin. Bu miqdor mamlakatning Ostona yoki Olmaota shaharlari yillik byudjetiga teng keladi.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40