Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Amirsoy abonement egalari Andorrada bepul uchishadi

Dunyo
36
Amirsoy abonement egalari Andorrada bepul uchishadi
Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti mavsumiy abonement egalari Yevropada joylashgan Andorradagi Grandvalira Resorts tarmog‘iga kiruvchi kurortlarda besh kun davomida bepul chang‘ida uchish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan TITF-2025 turistik forumi doirasida Yevroosiyo tog‘ kurortlari ittifoqi (EAGK) kotibi Andrey Kukushkin ma’lum qildi. Mazkur imkoniyat EAGK tarkibidagi boshqa kurortlarning mavsumiy abonement egalari uchun ham taqdim etiladi.

Bunga Ozarbayjonning "Shahdag", Rossiyaning "Roza Xutor", Qozog‘istonning "Shimbulak" va "Oi-Qaragay" kurortlari kiradi. Shuningdek, Andorradagi kurortlar abonement egalari ham O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Rossiya kurortlarida bepul xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

Dastur ishtirokchilari abonementlarni almashtirish yoki navbatda turish zaruratisiz, o‘zlarining plastik kartalari orqali bepul kirish huquqidan foydalanishlari mumkin. Buning texnik yechimlari Axess kompaniyasining yagona o‘tish tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, EAGK tarkibidagi kurortlarning abonement egalari yangi mavsum davomida alyansga kiruvchi boshqa kurortlarda bepul dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, agar ular ushbu kurortlar tavsiya etgan mehmonxonalarda yashasalar. Masalan, Ozarbayjonning "Shahdag" kurorti abonement egasi "Amirsoy" kurortidagi mehmonxonada qancha kun yashasa, shuncha kun davomida bepul xizmatlardan foydalanishi mumkin.

EAGK bu dastur orqali mavsumiy abonement egalari orasida boshqa kurortlarga sayohat qilishni rag‘batlantirish va xalqaro turizm yo‘nalishlarini rivojlantirishga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29