Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobus yo‘lovchilari xavfsiz!

Dunyo
48
Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobus yo‘lovchilari xavfsiz!
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida «Moskva–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan VanHool avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda O‘zbekistonning Aqto‘be viloyatidagi konsulligi xabar berdi. Hodisa 30-noyabr kuni soat 21:00 da sodir bo‘lgan.

Avtobusda O‘zbekistonning 54 nafar fuqarosi bo‘lgan. YTH natijasida hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.

Hodisa sodir bo‘lganidan so‘ng, barcha yo‘lovchilar favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari tomonidan xavfsiz tarzda evakuatsiya qilindi. Ular hozirda Aqto‘be viloyatining Aytekebi tumanidagi Qorabutoq qishlog‘ida joylashgan masjidga vaqtincha joylashtirilgan.

Yo‘lovchilarga oziq-ovqat va zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini qo‘shimcha avtobus orqali vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Voqea yuzasidan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Bosh konsulligi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Barcha chora-tadbirlar fuqaro xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026