Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Qozog‘istonda chegarani buzganlarga jazolar kuchaytirildi

Dunyo
43
Qozog‘istonda chegarani buzganlarga jazolar kuchaytirildi
O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulligi Qozog‘istonda davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlik uchun joriy etilgan qat’iy choralar haqida ogohlantirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sentyabr oyidan boshlab bu borada jazolar yanada kuchaytirilgan. Ushbu qaror Qozog‘iston chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tish holatlarining ko‘payishi sababli qabul qilingan.

Konsullikning xabar berishicha, noqonuniy harakatlar sodir etgan fuqarolar qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Shu munosabat bilan Bosh konsullik fuqarolarni davlat chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha belgilangan tartiblarga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.

Shuningdek, noqonuniy sxemalarda ishtirok etmaslik zarurligi alohida ta’kidlangan. Diplomatlar fuqarolarga kirish va chiqish qoidalariga rioya qilish, qonunbuzarliklardan saqlanish hamda jinoiy javobgarlikka tortilish xavfini oldini olish bo‘yicha ogohlantirish bilan murojaat qildi.

Bu borada barcha mas’uliyatli bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026