Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Rossiya fuqarolari uchun xorijga pul o‘tkazish cheklovlari bekor qilindi

Dunyo
41
Rossiya fuqarolari uchun xorijga pul o‘tkazish cheklovlari bekor qilindi
Rossiya Markaziy banki 8-dekabrdan boshlab Rossiya fuqarolari va "do‘st davlatlar" fuqarolari uchun xorijga pul o‘tkazish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bekor qilishini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qaror valyuta bozoridagi barqarorlik va iqtisodiy holatning yaxshilanishi bilan izohlangan. Markaziy bankning ma’lum qilishicha, 2026-yil 7-iyungacha ayrim cheklovlar saqlanib qoladi.

Xususan, bu cheklovlar "do‘st bo‘lmagan davlatlar"dan kelgan va Rossiyada ishlayotgan norezidentlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ular faqat o‘z ish haqi miqdorida xorijga mablag‘ o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladilar.

Rossiyada ishlamaydigan va "do‘st bo‘lmagan davlatlar"dan bo‘lgan norezidentlar hamda ushbu davlatlardan bo‘lgan kompaniyalar uchun esa to‘liq taqiq saqlanib qoladi. Shu bilan birga, Rossiya fuqarolari nazorati ostidagi yuridik shaxslar bu taqiqdan ozod etiladi.

Markaziy bank xorijiy investorlar uchun ba’zi yumshatishlar mavjudligini ham ma’lum qildi. Xususan, xorijiy investorlarga tegishli mablag‘lar va "In" turidagi hisob raqamlaridan xorijga o‘tkazmalarni amalga oshirish cheklovlarga kiritilmagan.

Bundan tashqari, "do‘st bo‘lmagan davlatlar"ning banklari uchun Rossiyadagi korrespondent hisoblar orqali rublda o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyati saqlanib qoladi, agar yuboruvchi va qabul qiluvchi hisob raqamlari xorijiy banklarda joylashgan bo‘lsa. Bu o‘zgarishlar Rossiya iqtisodiy siyosatidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, valyuta bozorining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026