Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

AQSh yangi strategiyada global ta’sirini kuchaytirmoqda

Dunyo
33
AQSh yangi strategiyada global ta’sirini kuchaytirmoqda
AQSh hukumati Yevropa bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish, G‘arbiy yarim sharda o‘z ta’sirini tiklash va Hind-Tinch okeani mintaqasida harbiy qudratini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu maqsadlar AQShning yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasida aks etgan. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Monro doktrinasini qayta tiklash zarurligini ta’kidlamoqda.

Ushbu doktrina Yevropa davlatlarining Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga asoslangan. Buning evaziga AQSh Yevropa ichki siyosatiga aralashmaslikni va’da qilgan.

Hujjatda bu yondashuv Tramp davrida AQSh qudrati va xalqaro ustuvorligini tiklashning samarali usuli sifatida baholangan. Shu bilan birga, AQSh Xitoyning Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi ta’sirining oshib borayotganidan tashvishda.

Xususan, Vashington Tayvan bo‘yicha Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroni bartaraf etish uchun o‘z ittifoqchilari bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirgan. Atlantic Councilning Lotin Amerikasi bo‘yicha katta tahlilchisi Jeyson Marchakning fikriga ko‘ra, AQShning avvalgi xalqaro tartibga qaytishi endi imkonsiz.

Yangilangan strategiyada Yevropaga "sivilizatsion yo‘qotish" xavfi mavjudligi haqida ogohlantirilgan va ular AQSh ittifoqchisi bo‘lib qolishni istasa, o‘zgarishlar zarurligi qayd etilgan. Shuningdek, AQSh G‘arbiy qadriyatlarni himoya qilish tarafdori ekanini bildirmoqda.

Bundan tashqari, hukumat Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish hamda Rossiya bilan strategik barqarorlikni tiklashga qiziqish bildirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026