Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Labubu o‘yinchoqlarida xavfli modda aniqlandi

Dunyo
51
Labubu o‘yinchoqlarida xavfli modda aniqlandi
Rossiyada mashhur bo‘lgan Labubu o‘yinchoqlari bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlar xavotirli natijalarni ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“Roskachestvo” tashkiloti mutaxassislari tomonidan o‘yinchoqlarning sifati va xavfsizligi tekshirilib, 13 ta namunaning birida sog‘liq uchun xavfli modda — dioktilftalat miqdori ruxsat etilgan darajadan yuqori ekanligi aniqlangan. Tekshiruv davomida mahsulot 53 ta mezon bo‘yicha baholandi.

Ular orasida mato va tikuv sifati, yorliqda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish, toksikologik va gigiyenik xavfsizlik ko‘rsatkichlari hamda umumiy zaharlilik darajasi bor edi. Natijada o‘yinchoq tarkibidagi dioktilftalat miqdori belgilangan 2 mg/litr me’yordan oshib, 2,9 mg/litrni tashkil qilgani qayd etildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dioktilftalat moddasining yuqori miqdorda bo‘lishi bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu modda gormonlar muvozanatini buzishi, bolalar va homilador ayollar salomatligiga zarar yetkazishi, reproduktiv sog‘liqni yomonlashtirishi, xulq-atvor va nevrologik muammolarni kuchaytirishi, shuningdek, uzoq muddatda jigar va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, bu modda terida qichishish va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi ehtimoli ham mavjud. Hozirda mutasaddi organlar Labubu o‘yinchoqlari bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazmoqda.

Ota-onalarga esa ushbu mahsulotni xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026