Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

AQShda noqonuniy migrantlarga 5 ming dollar jarima belgilandi

Dunyo
44
AQShda noqonuniy migrantlarga 5 ming dollar jarima belgilandi
AQSh hukumati noqonuniy migrantlarga nisbatan yangi moliyaviy choralarni joriy etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezident Donald Trampning ko‘rsatmasiga muvofiq, 14 yoshdan katta bo‘lgan va mamlakatga ruxsatsiz kirgan har bir shaxsga 5 ming dollar miqdorida jarima belgilandi. Ushbu jarima “Apprehension fee” deb nomlanib, migrant hibsga olingan zahoti rasmiylashtiriladi.

Eng muhim jihati, bu to‘lov sud jarayonlari yoki deportatsiya qaroridan qat’i nazar majburiy ravishda amalga oshirilishi shart. Yangi qoida migratsiya jarayonlarini qat’iylashtirish, noqonuniy kirishlar sonini kamaytirish va chegara xavfsizligini oshirish maqsadida joriy qilingan.

Mutaxassislarning fikricha, bu chora AQShga noqonuniy kirishni rejalashtirayotgan minglab shaxslar uchun sezilarli to‘siq bo‘lishi mumkin. Biroq, yangi jarima huquq himoyachilari orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Hozirda ushbu tartib amalda bo‘lib, barcha noqonuniy migrantlarga bir xil tarzda tatbiq etilmoqda. Bu chora AQShning migratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026