Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Tramp: Ukraina urushda yutqazmoqda, muzokaralar zarur

Dunyo
35
Tramp: Ukraina urushda yutqazmoqda, muzokaralar zarur
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, keskin bayonotlar berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U Politico nashriga bergan intervyusida Ukraina rahbariyati va AQSh prezidenti Jo Baydenni tanqid qildi. Trampning fikricha, Ukraina hozirgi vaziyatni real baholashi va amaliy yechimlar izlashga kirishishi kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina maydonda yutqazmoqda va katta hududlarni boy berib qo‘ygan. Tramp bu holatni g‘alaba deb bo‘lmasligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Rossiyaning geosiyosiy ustunligi, resurslari va kuchliroq pozitsiyasini inobatga olib, muzokaralar imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Tramp o‘z intervyusida urushni Baydenning siyosiy xatosi deb atadi.

U yoshlarning urushda halok bo‘layotganidan chuqur afsusda ekanini aytib, bu urush uning prezidentligi davrida boshlanmagan bo‘lishini ta’kidladi. Tramp, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “mahoratli savdogar” deb atab, uning Bayden ma’muriyatidan katta moliyaviy yordam olishga muvaffaq bo‘lganini qayd etdi.

Ammo bu mablag‘larning natijasi yetarlicha samara bermaganini bildirgan holda, Ukraina hududlarining 25 foizi yo‘qotilganiga e’tibor qaratdi. Tramp, shuningdek, Qrimning yo‘qotilishi uchun sobiq prezident Barak Obamani aybladi.

U Ukrainada saylovlar o‘tkazish vaqti kelganini ta’kidlab, demokratiya so‘zda emas, amalda bo‘lishi kerakligini uqtirdi. Trampning fikricha, agar u prezident bo‘lganida, bu urush boshlanmagan va bugungi kunning tahlikali vaziyatlari yuzaga kelmagan bo‘lardi.

U hatto hozirgi sharoitda “Uchinchi jahon urushi” ehtimoli yuqori ekanini ham aytib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026