Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Xitoyda korrupsiya uchun hukm qilingan amaldor qatl etildi

Dunyo
38
Xitoyda korrupsiya uchun hukm qilingan amaldor qatl etildi
Xitoyda poraxo‘rlik aybi bilan sudlangan China Huarong International Holdings Limited kompaniyasining sobiq rahbari Bay Tyanxuey ustidan hukm ijrosi 9-dekabr kuni amalga oshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakatning rasmiy axborot agentligi "Sinxua" xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, qatl jazosi Xitoy Oliy xalq sudi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng ijro etilgan.

Bay Tyanxuey 2024-yil may oyida Tyanjin shahri oraliq sudi tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Sud uni umrbod siyosiy huquqlardan mahrum qilish, barcha shaxsiy mol-mulkini musodara qilish va noqonuniy daromadlarni davlat hisobiga o‘tkazish sharti bilan jazoladi.

Bay ushbu qaror ustidan shikoyat kiritdi, ammo 2025-yil fevral oyida Tyanjin Oliy xalq sudi apellyatsiyani rad etdi va ish Oliy xalq sudiga yuborildi. Sud tekshiruvlarida aniqlanishicha, Bay Tyanxuey 2014–2018-yillar oralig‘ida o‘z lavozim vakolatlaridan foydalangan holda turli loyihalarni moliyalashtirish va sotib olish jarayonlarida manfaatdor tomonlarga yordam bergan.

Buning evaziga u 1,108 milliard yuan (taxminan 157 million dollar) miqdorida pora olgan. Oliy xalq sudi bu holatni "ayniqsa og‘ir" jinoyat sifatida baholadi, chunki bu jinoyat nafaqat davlat manfaatlariga katta zarar yetkazgan, balki ijtimoiy oqibatlari ham salbiy bo‘lgan.

Xitoyda odatda korrupsiya uchun o‘lim jazosi darhol ijro etilmaydi. Bunday hollarda ikki yillik sinov muddati belgilanadi va qoidabuzarlik aniqlanmasa, jazo umrbod qamoq jazosi bilan almashtiriladi.

Ammo Bayning jinoyati bundan mustasno deb topildi va qatl jazosi darhol amalga oshirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qatl ijrosidan oldin Bay Tyanxueyga yaqin qarindoshlari bilan uchrashishga ruxsat berilgan.

Bu Xitoyda o‘lim jazosi qo‘llaniladigan hollarda odatiy amaliyot hisoblanadi. Xitoy o‘lim jazosini keng qo‘llaydigan davlatlardan biri bo‘lib, qotillik, giyohvand moddalar savdosi va yirik iqtisodiy jinoyatlar kabi og‘ir jinoyatlar uchun ushbu jazo qo‘llaniladi.

Biroq mamlakatda qatl hukmi ijrosi bo‘yicha aniq statistika davlat siri sifatida saqlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026