Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Kitob o‘qish martaba va daromadga ijobiy ta’sir qiladi

Dunyo
45
Kitob o‘qish martaba va daromadga ijobiy ta’sir qiladi
Rossiyaliklarning kitob o‘qish odatlari va bu odatlarning ularning kasbiy faoliyatiga ta’siri haqida qiziqarli tadqiqot o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Litres kitob servisi va "Setka" ijtimoiy tarmog‘i tomonidan olib borilgan ushbu tadqiqotda, insonning kasbi, lavozimi va daromad darajasi uning kitob o‘qish odatlari bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p kitob o‘qiydiganlar bo‘lim boshliqlari bo‘lib, ularning 18 foizi oyiga besh va undan ortiq kitob mutolaa qiladi.

Top-menejerlar esa oyiga o‘rtacha uch-to‘rtta kitob o‘qishadi. Rossiyaliklarning aksariyati oyiga bir yoki ikki kitob o‘qiydi (54 foiz), uch-to‘rtta kitob o‘quvchilar ulushi 15 foizni, besh va undan ortiq kitob o‘quvchilar ulushi esa 9 foizni tashkil etadi.

Kasbiy sohalar bo‘yicha kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish ham farqlanadi. Marketologlar va PR-menejerlar eng faol o‘quvchilar bo‘lib, ularning 81 foizi kitob o‘qishni yaxshi ko‘rishini bildirgan.

Ikkinchi o‘rinda fan va ta’lim sohasi vakillari (79 foiz), uchinchi o‘rinda esa huquqshunoslar (73 foiz) qayd etilgan. Eng ko‘p o‘qiladigan janr klassik adabiyot bo‘lsa-da, top-menejerlar orasida biznes adabiyoti ham mashhurlikda birinchi o‘rinda turadi (41 foiz).

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kitob o‘qish martaba o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘lim rahbarlari va top-menejerlarning 62 foizi kitoblar ularga lavozimda ko‘tarilish va daromadni oshirishda yordam berganini ta’kidlagan.

Biroq, kichik mutaxassislar orasida bu ta’sir hali uncha sezilmaydi. Rossiyaliklarga ishda muvaffaqiyatga erishishda yordam bergan uchta eng mashhur kitob quyidagilardan iborat: 1.

Maqsim Batirevning "Menejerning 45 ta tatuirovkasi". 2.

Robert Kiyosakining "Boy ota, kambag‘al ota". 3.

Stiven Kovining "Yuqori samarali odamlarning 7 ko‘nikmasi". Bundan tashqari, badiiy adabiyot ham muhim o‘rin tutgan.

Jek Londonning "Martin Iden" asari hamda Margaret Mitchellning "Shamollarda qolgan" romani eng ommabop kitoblar qatoriga kirgan. Tadqiqot natijalari kitob o‘qishning nafaqat shaxsiy rivojlanishga, balki kasbiy muvaffaqiyatga ham sezilarli darajada yordam berishini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026