Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

AQSh «Lukoyl»ga xorij aktivlarini sotishga ruxsat berdi

Dunyo
59
AQSh «Lukoyl»ga xorij aktivlarini sotishga ruxsat berdi
AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) «Lukoyl» kompaniyasining xorijdagi aktivlarini sotish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddatini 2026 yil 17 yanvargacha uzaytirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumot boshqarma rasmiy saytida e’lon qilindi. Mazkur litsenziya «Lukoyl International GmbH» (LIG) va kompaniyaning xorijdagi sho‘ba korxonalariga tegishli aktivlarni sotish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va shartnomalar tuzish imkoniyatini taqdim etadi.

Shuningdek, bu hujjat LIGning bloklangan hisoblarini foydalanishga ruxsat beruvchi qoidalarni o‘z ichiga oladi. Shu orqali xizmat ko‘rsatish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga imkon yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Lukoyl» 2023 yil 22 oktyabr kuni AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Keyinchalik, dekabr oyida kompaniyaga xorijdagi aktivlarini sotish uchun vaqtinchalik litsenziya berilgan edi.

Shuningdek, bundan avval AQSh Moliya vazirligi «Lukoyl»ga xorijdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarini texnik xizmat ko‘rsatish va yopish operatsiyalarini 2026 yil aprel oyining oxirigacha bajarishga ruxsat bergan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026