Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

AQSh Vakillar palatasi 901 milliard dollarlik mudofaa byudjetini tasdiqladi

Dunyo
51
AQSh Vakillar palatasi 901 milliard dollarlik mudofaa byudjetini tasdiqladi
AQSh Vakillar palatasi 2026-yil uchun mudofaa byudjetini tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yangi byudjet miqdori 901 milliard dollarni tashkil etib, bu avvalgi yillarga nisbatan rekord darajada yuqori ko‘rsatkichdir. Hujjat 312 nafar kongressmen tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, 112 kishi qarshi ovoz bergan.

Hozirda qonun loyihasi Senat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda va kelasi hafta tasdiqlanishi kutilmoqda. Mazkur byudjet AQSh prezidenti Donald Tramp talab qilgan miqdordan 8 milliard dollarga ko‘proqdir.

Bu hujjat Senat hamda Vakillar palatasi tomonidan ilgari taqdim etilgan takliflar o‘rtasida erishilgan murosali kelishuv asosida ishlab chiqilgan. Har ikki partiya yetakchilari ayrim masalalarda kelishmovchiliklarga qaramay, byudjetni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Yangi byudjet Ukrainaga yillik 400 million dollar harbiy yordam ajratishni va Yevropa xavfsizligini mustahkamlash choralarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, AQSh harbiy xizmatchilarining maoshlarini 4 foizga oshirish hamda harbiy bazalardagi yashash sharoitlarini yaxshilash rejalashtirilgan.

Biroq, bepushtlikni davolash sug‘urtasi bilan bog‘liq band hujjatga kiritilmadi, chunki Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bunga qarshilik ko‘rsatgan. Shuningdek, Donald Tramp tomonidan tanqid qilingan xilma-xillik va inklyuziya bo‘yicha treninglar dasturlariga mablag‘ ajratish qisqartirilgan.

Ushbu byudjet Pentagon dasturlarini belgilab beradi, biroq mablag‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish uchun Kongress 2026-yil sentyabr oyiga qadar alohida qonun qabul qilishi lozim bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026