Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

AQSh turistlardan ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini so‘raydi

Dunyo
30
AQSh turistlardan ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini so‘raydi
AQSh hukumati xorijiy turistlarning shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish tartibini kuchaytirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan yangi tartibga ko‘ra, endi AQShga kiruvchilar so‘nggi besh yil davomida ishlatilgan ijtimoiy tarmoq akkauntlari tarixini taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Bu haqda Federal reestrda ma’lumot berilgan.

Shuningdek, Bojxona va chegara xizmati turistlardan elektron pochta manzillari hamda telefon raqamlarini ham talab qilishi mumkin. Ushbu choralar AQShning viza siyosatini qat’iylashtirish maqsadida joriy etilmoqda.

Bu talab viza talab qilinmaydigan davlatlar fuqarolariga ham ta’sir qiladi. Masalan, Buyuk Britaniya va Germaniya fuqarolari AQShga kirish uchun onlayn ruxsatnoma olishlari lozim bo‘ladi.

Bundan oldin Tramp ma’muriyati AQSh konsulliklariga semizlik, saraton, diabet va yurak kasalliklari kabi muammolarga ega bo‘lgan shaxslarga vizani rad etish imkonini beruvchi yangi qoidalar joriy qilgan edi. Ushbu qoidalar mazkur kasalliklar AQSh uchun uzoq muddatda tibbiy xarajatlarni oshirishi mumkinligi bilan izohlangan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026