Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Nyu-Yorkda 450 mln yillik dengiz jonzoti topildi

Dunyo
33
Nyu-Yorkda 450 mln yillik dengiz jonzoti topildi
AQShning Nyu-York shtatida olimlar 450 million yil muqaddam Yer yuzida yashagan, ilgari noma’lum bo‘lgan dengiz jonzotining noyob qoldiqlarini topishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yangi turga Lomankus edgecombei deb nom berildi. Topilmaning eng e’tiborga molik jihati shundaki, bu organizmlar deyarli mukammal holatda saqlanib qolgan.

Millionlab yillar davomida ularning kichik tana tuzilishi asta-sekin metall, xususan, pirit bilan almashgan. Natijada ularning shakli va anatomiyasi deyarli o‘zgarmagan holda bizgacha yetib kelgan.

Oksford universiteti paleobiologi Lyuk Perrining so‘zlariga ko‘ra, pirit kislorodsiz muhitda bakteriyalar organik to‘qimalarni parchalaganida hosil bo‘ladi. Ushbu jarayonda ajralgan gazlar temir bilan reaksiyaga kirishib, sulfid hosil qiladi.

Perri bunday qoldiqlarni “pirit hosil bo‘lishi uchun maxsus tayyorlangan miniatyura orolchalarga o‘xshatadi”. Mutaxassislarning fikricha, uch o‘lchamli holda mukammal saqlangan ushbu qoldiqlar qadimgi bo‘g‘imoyoqlilar tuzilishi va ularning evolyutsiya jarayonini chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.

Ayniqsa, o‘sha davrda qo‘shimcha oyoqlarning mo‘ylov, qisqich yoki tishsimon tuzilmalarga aylanish jarayoni bo‘yicha muhim ma’lumotlar aniqlangan. Bu topilma qadimgi hayot shakllarini o‘rganish uchun ulkan ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026