Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Mashhur xonanda Gul Tutning qizi hibsga olindi

Dunyo
101
Mashhur xonanda Gul Tutning qizi hibsga olindi
Mashhur turkiyalik xonanda Gul Tutning o‘limi bilan bog‘liq tergov ishlari yangi ma’lumotlar bilan davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xonandaning qizi Tug‘yan Ulkem Gulter uning o‘limida ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda Turkiyaning “Akdeniz Gercek” nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Gullu taxallusi bilan tanilgan san’atkor Yalova viloyatining Chinarjik tumanidagi uyi balkonidan noma’lum sabablar bilan yiqilib, halok bo‘lgan edi. Voqea yuzasidan olib borilgan tergov ishlarida Gulter bilan birga o‘sha kuni xonada bo‘lgan uning do‘sti Sultan Nur o‘g‘li ham so‘roq qilingan.

Prokuratura tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv jarayonida Tug‘yan Ulkem Gulterga “qasddan odam o‘ldirish” ayblovi qo‘yilib, u rasmiy ravishda hibsga olindi. Sultan Nur o‘g‘li esa uy qamog‘iga yuborildi.

Voqea bo‘yicha ilgari ushlangan yana uch kishi esa prokuratura so‘roq jarayonlaridan so‘ng ozod qilingan. Tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga olib borilgan Gulterni binoda norozilik bildirayotgan odamlar kutib turgani sababli u tezlik bilan Adliyaga yetkazilgan.

Yalova sud saroyi oldida to‘plangan fuqarolar uning manziliga qarshi shiorlar aytib, norozilik bildirishgan. Eslatib o‘tamiz, xonanda Gul Tut 26-sentabr kuni 6 qavatli uy terrasidan yiqilib, halok bo‘lgan edi.

Uning dafn marosimi Istanbulda o‘tkazilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026