Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Messining qisqa tashrifi hind muxlislarini ranjitdi

Dunyo
25
Messining qisqa tashrifi hind muxlislarini ranjitdi
Hindistonning mashhur “Solt-Leyk” stadionida Lionel Messini ko‘rishni orzu qilgan minglab muxlislar o‘rtasida hayajon tartibsizlikka aylangan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“Times of India” nashrining xabar berishicha, argentinalik futbol afsonasi Kalkuttadagi stadionga chiqib, muxlislarga qo‘l silkitib salom bergan va qisqa mashqlar bajargan. Ammo bir necha daqiqadan so‘ng u stadionni tark etgan.

Ushbu vaziyat uzoq vaqt kutgan muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Ko‘plab sport ixlosmandlari Messini ko‘rish uchun qimmat chiptalar sotib olishgan.

Ayrim muxlislar chipta uchun 100 dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan, bu esa Hindistondagi o‘rtacha bir oylik ish haqiga teng. Ularning aytishicha, qisqa davom etgan uchrashuv bunday katta xarajatga arzimagan.

Stadionda VIP mehmonlar va amaldorlar Messini o‘rab olgani bois oddiy muxlislar uni yaqin masofadan ko‘ra olmagan. “Messi atigi 10 daqiqa ko‘rindi.

Biz hech narsani ko‘rmadik. Shuncha kutganimiz va qilgan xarajatlarimiz bekor ketdi”, — deydi norozilik bildirgan muxlislardan biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lionel Messi “Inter Mayami”dagi jamoadoshlari Luis Suares va Rodrigo De Paul bilan birga uch kunlik tashrif doirasida Haydarobod, Mumbay, Dehli va Kalkutta shaharlariga borgan. Uning Hindistonga safari katta qiziqish bilan kutib olingan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026