Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Xitoyda tug‘ruq xarajatlari 2026 yildan davlat zimmasida bo‘ladi

Dunyo
31
Xitoyda tug‘ruq xarajatlari 2026 yildan davlat zimmasida bo‘ladi
Xitoy hukumati 2026 yildan e’tiboran tug‘ruq bilan bog‘liq barcha tibbiy xarajatlarni to‘liq davlat hisobidan qoplashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu chora yosh oilalarni farzandli bo‘lishga rag‘batlantirish va mamlakatda kuzatilayotgan demografik pasayishni oldini olish maqsadida qabul qilinmoqda. Bu haqda Milliy sog‘liqni saqlash xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, tug‘ruq jarayoni bilan bog‘liq barcha tibbiy xizmatlar, jumladan, tug‘ruqdan oldingi tekshiruvlar, diagnostika va boshqa ko‘riklar xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi. Shu tariqa, oilalar zimmasidan moliyaviy yukni kamaytirish va “cho‘ntakdan xarajatsiz tug‘ruq” tizimini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur qaror Xitoyda aholi sonining kamayishini to‘xtatish hamda demografik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli siyosatning bir qismi hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy aholisi 2022 yilda birinchi marta qisqargan va bu tendensiya keyingi yillarda ham davom etgan.

Ekspertlarning fikricha, tug‘ilish darajasining pastligi sababli aholi soni qisqarishda davom etishi mumkin. Bu esa ishchi kuchining kamayishi va keksa avlod ulushining ortishi orqali iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tug‘ilish darajasining pasayishiga uzoq yillar davomida amal qilgan “bir bola siyosati”, urbanizatsiya jarayonlari, ta’lim va bolalarni parvarish qilish xarajatlarining yuqoriligi, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi kabi omillar sabab bo‘lgan. Yoshlar orasida oila qurish va farzand ko‘rishni kechiktirish holatlari keng tarqalgan.

Ayrim provinsiyalarda, jumladan, Szilin, Szyansu va Shandunda tug‘ruqni deyarli bepul qilish amaliyoti allaqachon joriy etilgan. Shu bilan birga, markaziy hukumat bolalar parvarishi uchun subsidiya ajratish, maktabgacha ta’limni arzonlashtirish yoki bepul qilish, tug‘ruq ta’tilini uzaytirish, shuningdek, soliq va uy-joy bo‘yicha imtiyozlar berish kabi qo‘shimcha chora-tadbirlarni ham rejalashtirmoqda.

Bu siyosatning asosiy maqsadi oilalarni ko‘p bolali bo‘lishga undash va demografik muvozanatni tiklashdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026