Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Qozog‘iston Rossiyadan qochgan 16 yoshli yigitni deport qildi

Dunyo
39
Qozog‘iston Rossiyadan qochgan 16 yoshli yigitni deport qildi
Qozog‘iston Respublikasi sudi Rossiyadan qochgan, 16 yoshli Timur Turkovni deportatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Turkov Rossiyadagi urush targ‘ibotiga qarshi bo‘lgan qarashlari sababli mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan. U sentyabr oyida Komi Respublikasidan Qozog‘istonga avtostop bilan yetib kelgan va chegarani noqonuniy ravishda piyoda kesib o‘tgan.

Sud ushbu harakati uchun uni aybdor deb topdi va Qozog‘istonga 5 yil muddatga kirish taqiqlandi. Shuningdek, Rossiyada yana 6 oy davomida "erkinlikni cheklash" jazosini o‘tashi belgilandi.

Timurning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada maktablar militarizatsiya qilinmoqda. Katta sinf o‘quvchilari Rossiya–Ukraina urushida halok bo‘lgan harbiylarni dafn marosimlariga jalb qilinmoqda.

Uning qishlog‘idan bir necha kishi urushda halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Onasi koronavirus oqibatida vafot etgan, otasi esa oiladan ketgan.

Bobosi va buvisi bilan yashagan Timur mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli Rossiyani tark etishga qaror qilgan. Timur chegarani o‘z hayoti xavf ostida piyoda kesib o‘tgan.

U tun davomida 17 kilometr yo‘l bosib, charchoq va suvsizlanish sabab hushidan ketgan. Keyinchalik uni Qozog‘iston chegarachilari topib, ijtimoiy markazga joylashtirishgan.

Rossiya konsulligi vakillari va FSB xodimlari uni so‘roq qilgan. Endilikda u Rossiyaga qaytariladi, biroq u siyosiy qarashlari sababli o‘z vatanida xavfsizlik muammolariga duch kelishidan qo‘rqmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026