Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Midad Energy Lukoyl aktivlarini sotib olishni rejalashtirmoqda

Dunyo
20
Midad Energy Lukoyl aktivlarini sotib olishni rejalashtirmoqda
Saudiyaning Midad Energy kompaniyasi Rossiyaning Lukoyl kompaniyasiga tegishli xorijdagi aktivlarni sotib olish bo‘yicha asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi muzokaralar jarayonidan xabardor uchta manbaga tayanib ma’lumot berdi. Agentlikning xabariga ko‘ra, Midad Energy Lukoyl aktivlarini 22 milliard dollar miqdorida naqd mablag‘ evaziga xarid qilishni rejalashtirgan.

Shu bilan birga, bu mablag‘lar Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar bekor qilinmaguncha maxsus hisobda saqlanishi ko‘zda tutilgan. Manbalardan biri kelishuv jarayonida Amerika kompaniyalari ham ishtirok etishi ehtimolini bildirgan.

Midad Energy kompaniyasi bosh direktori Abdulelo Al-Ayban Saudiya Arabistoni milliy xavfsizlik maslahatchisi Musa’id Al-Aybanning ukasi hisoblanadi. Musa’id Al-Ayban joriy yilning fevral oyida Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etgan.

Ularning otasi Muhammad Al-Ayban esa avvalgi yillarda qirollikning razvedka xizmatlarini boshqargan. Reuters agentligi Midad Energy kompaniyasining bu harakati AQSH va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning faollashuvi fonida yuzaga kelganini ta’kidlagan.

2025 yilda ikki mamlakat mudofaa, energetika va texnologiya sohalarida bir qator kelishuvlarni imzolagan, bu doirada Saudiya Arabistonining 1 trillion dollar miqdorida investitsiya kiritish niyati ma’lum qilingan. Midad Energy va Lukoyl kompaniyalari mazkur masalada Reuters agentligi so‘rovlariga izoh berishdan bosh tortdi.

AQSH moliya vazirligi ham agentlikning so‘roviga darhol javob bermadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026