Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Armanistonda tug‘ilgan har bir bola uchun 1300 dollar to‘lanadi

Dunyo
35
Armanistonda tug‘ilgan har bir bola uchun 1300 dollar to‘lanadi
Armanistonda 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab yangi tartib kuchga kiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda har bir tug‘ilgan bola uchun bir martalik to‘lov miqdori 500 ming dram (taxminan 1300 AQSH dollari) etib belgilandi. Bu haqda “Armenia Today” nashri xabar berdi.

Ushbu qaror parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan. Avvalgi tartibga ko‘ra, nafaqa miqdori oiladagi bolalar soniga qarab farqlangan.

Masalan, birinchi va ikkinchi farzand uchun 300 ming dram (786 dollar), uchinchi va to‘rtinchi farzand uchun 1 million dram (2600 dollar), beshinchi va undan keyingi bolalar uchun esa 1,5 million dram (3900 dollar) to‘lanardi. Yangi tartib bo‘yicha esa barcha bolalar uchun bir xil miqdorda to‘lov joriy etiladi, bu esa tizimni soddalashtirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, ko‘p bolali oilalarga doimiy yordam dasturi amalda qoladi. Unga ko‘ra, 2022–2025 yillarda tug‘ilgan oilalardagi uchinchi va undan keyingi bolalarga oyiga 50 ming dram (131 dollar) to‘lab boriladi.

Ushbu to‘lov bola olti yoshga to‘lguniga qadar davom etadi. Yangi qonunchilik 2026 yil 1 yanvardan keyin tug‘iladigan bolalar uchun ham mazkur to‘lovlarni davom ettirishga huquqiy asos yaratadi.

Shuningdek, Xitoy ham tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida 2026 yildan boshlab tug‘ruq bilan bog‘liq barcha tibbiy xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan qoplashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026