Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Madxyada kambag‘al do‘stlar 15 karatli olmos topdi

Dunyo
25
Madxyada kambag‘al do‘stlar 15 karatli olmos topdi
Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida yashovchi ikki do‘st — Satish Xatik va Sajid Muhammad omadli voqea bilan yuzlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular ijaraga olingan yer uchastkasidan 15,34 karatli qimmatbaho olmos topib olishdi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Topilgan olmos shahar rasmiy baholovchisi tomonidan tekshirilib, uning yuqori sifatli ekanligi tasdiqlandi. Baholovchi Anupam Singxning so‘zlariga ko‘ra, ushbu olmosning bozor qiymati 5–6 million rupiyga teng bo‘lib, bu taxminan 55–66 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Qimmatbaho tosh yaqin kunlarda kimoshdi savdosiga chiqarilishi rejalashtirilgan. Do‘stlar ushbu topilmadan keladigan daromadni hashamatli hayotga yoki biznesga sarflashni rejalashtirishgani yo‘q.

Ularning asosiy maqsadi — opa-singillarini turmushga uzatish va oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli Satish Xatik go‘sht do‘konida ishlaydi, 23 yoshli Sajid Muhammad esa meva savdosi bilan shug‘ullanadi.

Ikkalasi ham kambag‘al oiladan chiqqan, bolalikdan do‘st va oilaning kenja farzandlari hisoblanadi. Olmos topilgan Panna tumani qadimdan qimmatbaho tosh izlash bilan mashhur.

Biroq bu hudud Hindistonning iqtisodiy jihatdan eng qoloq mintaqalaridan biri bo‘lib, qashshoqlik, suv tanqisligi va ishsizlik kabi muammolar mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026