Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaning jarimasi bekor qilindi

Dunyo
34
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaning jarimasi bekor qilindi
Rossiyada tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaning migratsiya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma’muriy jazosi bekor qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar murojaat qilgan.

Ular migratsiya hisobiga turish bilan bog‘liq muammolarga duch kelganliklarini bildirgan. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, ushbu universitet ma’muriyati chet ellik talabalarning migratsiya hisobini uzaytirish tartiblari haqida vakolatli organlarga o‘z vaqtida ma’lumot bermagan.

Shu sababli talabalar Rossiya hududida ruxsat etilgan 90 kundan ortiq qolib ketgan va bu migratsiya qoidalarini buzish sifatida baholangan. Natijada ularga 40 ming rubl miqdorida jarima belgilangan.

Mazkur masala Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan nazoratga olinib, Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Tekshiruv natijasida talabalarning vaqtincha turish muddati uzaytirildi va ularga nisbatan jarima yoki ma’muriy chiqarib yuborish choralarini qo‘llamaslik bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, ushbu ish natijasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova va Belarusdan kelib, Rossiyada tahsil olayotgan 200 dan ortiq talabaning migratsiya bilan bog‘liq muammolari ham ijobiy hal etildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026