Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Turkistonda eski ko‘prik qulab tushdi

Dunyo
71
Turkistonda eski ko‘prik qulab tushdi
Qozog‘istonning Turkiston viloyati, Keles tumani Qoshqarota qishlog‘ida joylashgan ko‘prik 18-dekabr kuni qulab tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mahalliy hokimlikka tayanib ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Hodisa yuz bergan vaqtda hech kim jarohat olmagan, chunki ko‘prikda oldindan yoriqlar paydo bo‘lgani sababli harakat vaqtincha cheklangan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prikning qulashi uning eskirganligi va tayanch ustunlari ostidagi suv oqimi ta’sirida yuvilib ketgani bilan bog‘liq. Hozirda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar xizmati, huquq-tartibot organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati vakillari ish olib bormoqda.

Mazkur ko‘prik Turkiston viloyati Yo‘lovchi transporti va avtomobil yo‘llari boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan. Hozirda ko‘prik favqulodda tartibda ta’mirlanmoqda.

Aholiga vaqtincha 10–15 kilometrli aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda. Bu yo‘llar Alpamis va Birtilek qishloqlaridan o‘tadi.

Mas’ul tashkilotlar vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini bildirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026