Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Rossiyada 31 o‘zbek talabasi deportatsiyadan saqlandi

Dunyo
33
Rossiyada 31 o‘zbek talabasi deportatsiyadan saqlandi
O‘zbekiston va Rossiya ombudsmanlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida Rossiyada tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbek talabasi deportatsiya xavfidan saqlab qolindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu holat bo‘yicha “Dunyo” axborot agentligi rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, muammo talabalar aybi bilan emas, balki Moskva shahridagi Oliy iqtisodiyot maktabining texnik va tashkiliy xatolari natijasida yuzaga kelgan.

Ta’lim muassasasi talabalar uchun migratsiya hisobini uzaytirishga oid hujjatlarni belgilangan muddatda topshirmagan. Natijada, talabalar 90 kundan ortiq vaqt davomida Rossiyada rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan holda qolib ketgan.

Mazkur vaziyat qonunchilikka ko‘ra, har bir talaba uchun 40 ming rubl miqdorida jarima va mamlakatdan chiqarib yuborilish xavfini keltirib chiqardi. Bunday noxush holatda talabalar O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga murojaat qilib, yordam so‘rashgan.

Masala zudlik bilan O‘zbekiston va Rossiya ombudsmanlari darajasida ko‘rib chiqilib, Rossiya Ichki ishlar vazirligiga rasmiy murojaat yo‘llandi. Natijada, talabalarga jarima qo‘llanmaslik va deportatsiya qilinmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tekshiruv ishlari yakunlangach, barcha talabalarning Rossiyada qolish muddati uzaytirilib, ularning migratsiya maqomi qayta tiklandi. E’tiborlisi, ushbu ish doirasida boshqa MDH davlatlaridan kelgan 200 nafarga yaqin talabaning ham huquqlari himoya qilindi.

Bu voqea ombudsmanlar institutining amaliy ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi. Eng muhimi, yoshlarning ta’lim olish huquqi, kelajagi va manfaatlari o‘z vaqtida himoya qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026