Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Rossiyada gripp bilan kasallanish keskin oshdi

Dunyo
41
Rossiyada gripp bilan kasallanish keskin oshdi
Rossiyada mavsumiy gripp bilan kasallanish holatlari keskin oshmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda mamlakat bo‘ylab har 100 nafar kishidan biri gripp infeksiyasiga chalinmoqda. Ayrim hududlarda esa bir hafta ichida bemorlar soni deyarli ikki barobar ko‘paygan.

Shifokorlar va epidemiologlar vaziyatni nazorat qilib, epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisi hali oldinda ekanini ma’lum qilishmoqda. Joriy kuz-qish mavsumida Gonkong grippi (A/H3N2) eng ko‘p tarqalgan virus turi sifatida qayd etilmoqda.

Ushbu virus yuqori yuquvchanligi, tez rivojlanishi va jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi bilan xavfli hisoblanadi. Ayniqsa, homilador ayollar, yosh bolalar, keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan kishilar xavf guruhiga kiradi.

Gonkong grippi o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, asosan nafas yo‘llarini zararlaydi. Kasallik yuqori tana harorati, mushaklar og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va kuchli holsizlik bilan namoyon bo‘ladi.

Ba’zan ko‘ngil aynishi, ishtaha yo‘qolishi va hazm tizimi buzilishi ham kuzatiladi. Mazkur gripp shtammi ilk bor 1968 yilda Gonkongda aniqlangan.

Hozirgi kunda u mutatsiyaga uchragan holda dunyoning turli mintaqalarida tarqalishda davom etmoqda. Shifokorlar aholini salomatlikka jiddiy e’tibor qaratishga, gripp alomatlari paydo bo‘lishi bilan darhol tibbiy yordamga murojaat qilishga va profilaktika qoidalariga rioya etishga chaqirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026