Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Yaponiya 2026 yilda pandalarsiz qoladi

Dunyo
44
Yaponiya 2026 yilda pandalarsiz qoladi
1972 yildan beri birinchi marta Yaponiya pandalarsiz qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Nikkei nashri xabar berdi. Hozirda mamlakatda faqat Xitoydan ijaraga olingan ikkita panda bor.

Ular erkak panda Syao-Syao va uning singlisi Ley-Ley bo‘lib, 2026 yil yanvarda Xitoyga qaytariladi. Pandalar ayni paytda Tokioning Ueno hayvonot bog‘ida saqlanmoqda.

Hayvonot bog‘ining ma’lumotiga ko‘ra, pandalarni ijaraga olish bo‘yicha dastlabki shartnoma 2011 yilda tuzilgan va 2021 yilda yana besh yilga, ya’ni 2026 yil 20 fevralgacha uzaytirilgan. Biroq Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi diplomatik munosabatlardagi taranglik sababli Syao-Syao va Ley-Ley rejalashtirilgan muddatdan bir oy avval Xitoyga qaytariladi.

Ueno hayvonot bog‘i pandalarni ko‘rishga keluvchilarga qulaylik yaratish uchun maxsus chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘ydi. Pandalarni kuzatish uchun maxsus maydonchalar ajratiladi va bir kishiga kuzatuv vaqti bir daqiqadan oshmasligi belgilandi.

23 dekabrdan boshlab hayvonot bog‘iga faqat oldindan ro‘yxatga turish orqali kirish mumkin bo‘ladi. Pandalarni so‘nggi marta 2026 yil 25 yanvarda ko‘rish imkoni bo‘ladi.

Syao-Syao va Ley-Ley 2021 yilda Ueno hayvonot bog‘ida tug‘ilgan. Ularning ota-onalari - Li-Li va Sin-Sin pandalari ham 2026 yilgacha Yaponiyada qolishi kerak edi.

Ammo ularning sog‘ligi va yoshi sabab 2024 yil oktyabr oyida Xitoyga qaytarilgan. Li-Li va Sin-Sin bilan xayrlashish marosimiga 2 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.

Xitoy dunyo bo‘yicha barcha pandalarning egasi hisoblanadi va boshqa davlatlar ulardan faqat ijaraga foydalanishi mumkin. Yaponiya birinchi marta 1972 yilda Xitoydan pandalarni qabul qilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026