Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Rossiyada amaldorlar daromad hisobotidan ozod qilindi

Dunyo
28
Rossiyada amaldorlar daromad hisobotidan ozod qilindi
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi bir hafta ichida korrupsiyaga qarshi qonunchilikka sezilarli o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, endilikda amaldorlar va davlat organlaridagi xalq vakillari o‘z daromadlari haqida har yili hisobot berish majburiyatidan ozod qilindi. Yillik deklaratsiyalar endi faqat "zarur holatlar"da taqdim etiladi.

18 dekabr kuni qabul qilingan qonun davlat xizmatchilari, munitsipal xodimlar hamda davlat ulushi bo‘lgan yirik korporatsiya vakillariga imtiyozlar berdi. 2009 yildan buyon amalda bo‘lgan va amaldorlar hamda ularning oila a’zolarining daromad va xarajatlarini ochiqlashni talab qilgan tizim faqat "alohida ehtiyoj" tug‘ilgandagina qo‘llaniladi.

Qonun tashabbuschilaridan biri Vasiliy Piskaryovning fikricha, bu o‘zgarish "eskirgan va samarasiz nazorat tizimi"ni bekor qilish imkonini beradi. Uning ta’kidlashicha, korrupsiyaga qarshi kurash to‘xtamaydi, balki jarayon raqamlashtiriladi.

Endilikda amaldorlarning moliyaviy holati maxsus "Poseydon" axborot tizimi orqali kuzatib boriladi. Ushbu tizim prezident administratsiyasi tomonidan boshqariladi va jamoatchilik uchun yopiq bo‘ladi.

Shunga qaramay, ayrim holatlarda daromadlar haqida ma’lumot berish majburiy bo‘lib qoladi. Masalan, saylovlarda ishtirok etishda, lavozimga tayinlanishda yoki yirik xaridlar amalga oshirilganda deklaratsiya topshirish talab etiladi.

Agar yangi qonun Federatsiya kengashi tomonidan ma’qullanib, prezident Vladimir Putin tomonidan imzolansa, u 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Ma’lumot uchun, 2022 yildan buyon Rossiyada amaldorlarga o‘z daromadlarini internetda e’lon qilmaslik huquqi berilgan edi.

Shuningdek, Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan yoki sanksiyalar sababli hisobot topshira olmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan. Yangi qonun esa ushbu imtiyozlarni yanada mustahkamlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026