ENRU

Tayvanda metroda hujum: 4 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
25
Tayvanda metroda hujum: 4 kishi halok bo‘ldi
19-dekabr kuni Tayvanda jamoat xavfsizligiga jiddiy putur yetkazgan og‘ir voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy soat bilan taxminan 17:20 da 27 yoshli erkak metropolitenning eng gavjum bekatlaridan birida tutunli granatalar va “Molotov kokteyllari”ni uloqtirdi. Bu holat bekatdagi yo‘lovchilar orasida vahima va qo‘rquvni kuchaytirdi.

Shundan so‘ng, u metro yo‘nalishi bo‘ylab taxminan 800 metr masofani yugurib o‘tib, yo‘l-yo‘lakay uchragan bir necha kishini pichoqlagan. Ikkinchi bekatga yetib borgach, hujum davom etgan: u yerda ham granatalar tashlangan va odamlarga pichoq bilan hujum qilingan.

Hujumdan so‘ng gumondor yaqin atrofdagi binolardan birining tomidan pastga sakrab tushgan. U og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan.

Ushbu hodisa natijasida halok bo‘lganlar soni to‘rt kishiga yetdi. Qurbonlar orasida hujumni to‘xtatishga uringan va jasorat ko‘rsatgan erkak ham bor.

U yarador holda shifoxonaga yetkazilgan, ammo keyinchalik vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gumondor Chang Ven ismli Tayvan fuqarosi bo‘lgan.

Mamlakat bosh vaziri Cho Jung ushbu voqeani “qasddan amalga oshirilgan jinoyat” deb atadi. Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hujumni gumondor yolg‘iz amalga oshirgan.

Bu voqeadan so‘ng Tayvan bo‘ylab temiryo‘l va metro bekatlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Qo‘shimcha patrullar joylashtirildi va tekshiruvlar soni oshirildi.

Tayvanda jinoyatchilik darajasi nisbatan past hisoblanadi va bunday zo‘ravonlik holatlari kam uchraydi. So‘nggi shunga o‘xshash yirik voqea 2014-yilda sodir bo‘lgan edi.

O‘shanda Taypey metrosida to‘rt nafar inson halok bo‘lib, aybdor keyinchalik qatl etilgan edi. Bugungi hujum esa Tayvan jamiyatiga kutilmagan og‘ir zarba bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Jahon meteorologiya tashkiloti «super El-Nino» fenomeni avj olishi ehtimoli 100 foizga yaqin bildirdi
Jahon meteorologiya tashkiloti «super El-Nino» fenomeni avj olishi ehtimoli 100 foizga yaqin bildirdi
Xalqaro iqlimshunoslar va yetakchi olimlar Yer yuzida yaqin oylarda o‘ta xavfli tabiiy omil — «super El-Nino» fenomeni avj olishi mumkinligidan jiddiy tashvish bildirmoqda. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 08:05
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Oksford universiteti tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 108 ta rivojlanayotgan davlatda 1,2 milliard kishi ko‘p o‘lchovli
DunyoBugun, 06:23
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21