ENRU

Tayvanda metroda hujum: 3 o‘lik, 9 jarohat

Dunyo
24
Tayvanda metroda hujum: 3 o‘lik, 9 jarohat
Tayvan poytaxti Taypey shahrida metroda sodir bo‘lgan pichoqlash hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohat oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hujumni 27 yoshli Chang Ven amalga oshirgan. U avval markaziy metro bekatida tutun bombalaridan foydalangan, keyin esa boshqa bekatga o‘tib, yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Hujumchi keyinchalik ko‘p qavatli binodan tushib ketib halok bo‘lgan. Voqeaning sabablari hozircha noma’lum.

Tayvanda bunday hodisalar kam uchraydi. Oxirgi marta shunga o‘xshash voqea 2014-yilda sodir bo‘lgan edi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 17:20 da, shahar markazida eng gavjum paytda yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlarning vahimaga tushib qochayotgani, hujumchining esa qo‘lida katta pichoq bilan harakatlanayotgani aks etgan.

Tayvan bosh vaziri Cho Jung-tai metro, temiryo‘l bekatlari va aeroportlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishni buyurdi. Prezident Uilyam Lay voqeani tezkor o‘rganish va tergov qilishga topshiriq berdi.

Hozirda tegishli organlar hujumchining motivlarini va boshqa ehtimoliy aloqador shaxslarni aniqlash ustida ish olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Jahon meteorologiya tashkiloti «super El-Nino» fenomeni avj olishi ehtimoli 100 foizga yaqin bildirdi
Jahon meteorologiya tashkiloti «super El-Nino» fenomeni avj olishi ehtimoli 100 foizga yaqin bildirdi
Xalqaro iqlimshunoslar va yetakchi olimlar Yer yuzida yaqin oylarda o‘ta xavfli tabiiy omil — «super El-Nino» fenomeni avj olishi mumkinligidan jiddiy tashvish bildirmoqda. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 08:05
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Oksford universiteti tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 108 ta rivojlanayotgan davlatda 1,2 milliard kishi ko‘p o‘lchovli
DunyoBugun, 06:23
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21