Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Saudiya Arabistonida o‘lim jazosi rekord darajaga yetdi

Dunyo
38
Saudiya Arabistonida o‘lim jazosi rekord darajaga yetdi
Saudiya Arabistonida o‘lim jazosi amaliyoti bu yil rekord darajaga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda kamida 347 kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 345 kishilik rekorddan oshib, mamlakat tarixidagi eng yuqori darajaga chiqdi.

Hukm qilinganlar orasida xorijlik fuqarolar, jurnalistlar va voyaga yetmaganlik davrida jinoyat sodir etgan shaxslar ham bor. Ularning uchdan ikki qismi giyohvandlik moddalariga aloqador jinoyatlar uchun jazolangan.

Shuningdek, besh nafar ayol ham o‘lim jazosiga hukm qilingan. Ko‘plab holatlar BMT xalqaro standartlariga zid deb baholanmoqda.

Saudiya Arabistoni hukumatining bu boradagi rasmiy izohi mavjud emas. Ekspertlar va inson huquqlari tashkilotlari mamlakatda qiynoqlar va majburlangan tan olishlar keng tarqalganini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, ijro etishdan oldin mahkumlarning oilalariga xabar berilmasligi va jasadlarning qaytarilmasligi kabi holatlar inson huquqlari nuqtai nazaridan jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xalqaro tashkilotlar o‘lim jazosiga cheklov kiritishni, barcha mahkumlarga yuridik yordam va konsullik xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek, ijro etish jarayoni bo‘yicha aniq ma’lumotlar oshkor qilinishini talab qilmoqda.

Mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, inson huquqlari masalasidagi holat jiddiy tashvish uyg‘otayotganini mutaxassislar qayd etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026