Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Saudiya Arabistonida 30 yildan keyin qor yog‘di

Dunyo
53
Saudiya Arabistonida 30 yildan keyin qor yog‘di
18-dekabr kuni Saudiya Arabistonining ayrim hududlarida kutilmagan tabiiy hodisa – qor yog‘ishi kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa mamlakatda so‘nggi 30 yil ichida ilk bor kuzatilgani sababli alohida e’tiborni tortdi. Anadolu axborot agentligining xabariga ko‘ra, qor asosan shimoli-g‘arbiy va markaziy hududlarda yog‘gan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari Ar-Riyod shahri va uning atrofidagi qor yog‘ishini “juda kam uchraydigan voqea” sifatida baholagan. Al Arabiya telekanali esa bu hodisani “tarixiy” deb atab, mamlakatda bunday ob-havo uzoq yillardan beri kuzatilmaganini ta’kidladi.

Sinoptiklar oldindan havo haroratining keskin pasayishi mumkinligini e’lon qilgan edi. Ayrim hududlarda do‘l, kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi sababli ob-havo xavfi qizil va to‘q sariq darajada belgilandi.

Shuningdek, nashrlarda qayd etilishicha, nafaqat Saudiya Arabistonida, balki boshqa arab davlatlarida ham sovuq havo oqimlari ta’sirida kuchli yomg‘irlar yog‘moqda. Mutaxassislar bu holatni mavsumiy emas, balki iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘lamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026