Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Braun universitetidagi otishma: tafsilotlar ochiqlanmoqda

Dunyo
34
Braun universitetidagi otishma: tafsilotlar ochiqlanmoqda
AQShning Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan otishma bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa natijasida ikki nafar talaba, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi Muhammadaziz Umurzoqov hayotdan ko‘z yumgan edi. The Guardian nashrining xabariga ko‘ra, ushbu ish bo‘yicha asosiy gumonlanuvchi sifatida ko‘rilayotgan 48 yoshli Portugaliya fuqarosi Klaudio Manuel Neves Valentening jasadi sud-tibbiy ekspertiza orqali tekshirilgan.

Tekshiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, u 18 dekabr kuni topilishidan taxminan ikki kun oldin o‘z joniga qasd qilgan. Rasmiylar bergan ma’lumotga ko‘ra, otishma 13 dekabr kuni universitetning muhandislik binosida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida ikki talaba halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi turli darajada jarohat olgan. Shuningdek, tergov davomida Neves Valentening 16 dekabr kuni uyida otib o‘ldirilgan MIT professori Nuno Lureyru bilan ehtimoliy aloqasi ham o‘rganilmoqda.

Tergovchilar ma’lum qilishicha, Neves Valente avval Braun universitetida doktorant sifatida tahsil olgan. Hozircha hodisaning aniq sabab va motivlari rasman ochiqlanmagan.

Tergov ishlari davom etmoqda, va rasmiylar barcha tafsilotlar chuqur o‘rganilayotganini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026