Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Nogiron muhandis ilk bor kosmosga parvoz qildi

Dunyo
38
Nogiron muhandis ilk bor kosmosga parvoz qildi
Germaniyalik muhandis Mikaela Benthaus nogironligi bo‘lishiga qaramay, suborbital kosmik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 20 dekabr kuni Blue Origin kompaniyasining New Shepard kosmik kemasida o‘tkazilgan parvoz taxminan 11 daqiqa davom etgan.

33 yoshli Benthaus shu tariqa belidan past qismi falaj bo‘lgan holda kosmosga chiqqan dunyodagi birinchi inson sifatida tarixga kirdi. U 2018 yilda velosipedda yiqilib og‘ir jarohat olgan va shundan beri nogironlar aravachasida harakatlanadi.

Parvozdan so‘ng Mikaela Benthaus bu tajribani o‘z hayotidagi eng unutilmas voqea deb ta’rifladi. U inson orzularidan voz kechmasligi kerakligini, hatto kichik imkoniyat ham ularga erishish uchun yetarli bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Benthaus bolaligidan kosmosga qiziqib kelganini va bunga “Yulduzlar jangi” filmi turtki bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi. New Shepard ekipajida Benthausdan tashqari yana besh nafar ishtirokchi bo‘lgan.

Ular orasida germaniyalik aerokosmik muhandis Hans Kyonigsmann ham bor edi. U 2021 yilgacha SpaceX kompaniyasida ishlagan.

Kyonigsmann parvozdan keyin Yer va uning atmosferasi manzarasi juda ta’sirli, kosmos esa kutilganidan ham qorong‘u ekanini aytdi. Mazkur missiya Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasining 16-pilotli parvozi bo‘lib, so‘nggi yillarda 80 ga yaqin badavlat inson qisqa muddatli kosmik sayohatlarda qatnashgan.

Parvoz chiptalari narxi oshkor qilinmagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026